“Qayrat” Chempionlar ligasi uchinchi saralash bosqichiga yo‘l oldi
Sport
−
30 iyul 1329 1 daqiqa
Kecha, 29 iyul kuni Qozog‘istonning “Qayrat” klubi Kiprning “Omoniya” jamoasini ikki uchrashuv natijalariga ko‘ra mag‘lub etib, UEFA Chempionlar ligasi uchinchi saralash bosqichiga chiqdi.
Birinchi o‘yinda “Omoniya” o‘z maydonida 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Javob bahsida esa asosiy va qo‘shimcha vaqt “Qayrat”ning 1:0 hisobidagi ustunligi bilan yakunlandi. Shu tariqa ikki o‘yin hisobida durang kuzatildi va g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda qozog‘istonliklar 6:5 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuv natijasiga ko‘ra, “Qayrat” Chempionlar ligasi uchinchi saralash bosqichida Bolgariyaning “Levski Sofiya” klubiga qarshi maydonga tushadi.
Uchinchi saralash bosqichining dastlabki uchrashuvlari joriy yilning 4-5 avgust kunlari, javob o‘yinlari esa 11 avgustda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum “Qayrat” o‘z tarixida ilk bor UEFA Chempionlar ligasining asosiy bosqichida ishtirok etgan. Qozog‘iston klubi musobaqada bir ochko jamg‘arib, umumiy jadvalda 36-o‘rinni egallagan edi. Bu mavsumda esa asosiy bosqichga chiqish uchun jamoa yana ikki saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tishi talab etiladi.
Live
Barchasi