Karimovning jamoasi Konferensiyalar ligasini g‘alaba bilan boshladi

Sport

−

image

Kecha, 15 oktyabr kuni UEFA Konferensiyalar ligasining liga bosqichi 1-turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Behruz Karimov o‘ynaydigan Shveysariyaning “Lugano” klubi Serbiyaning “Srvena Zvezda” jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvda hisob 25-daqiqada Albian Ajeti tomonidan ochildi. 32-daqiqada Timi Elshnik muvozanatni tikladi. 67-daqiqada Rade Krunich serbiyaliklarni oldinga olib chiqdi. Biroq bahsning so‘nggi qismida “Lugano” vaziyatni o‘z foydasiga o‘zgartirdi. Derek Monkada 84-daqiqada hisobni tenglashtirdi, Anto Grgich esa 89-daqiqada penaltidan g‘alaba golini urdi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Behruz Karimov “Lugano”ning asosiy tarkibida maydonga tushdi va 73-daqiqada zaxiraga olindi. “Sofascore” portali Behruz Karimovning UEFA musobaqalaridagi debyutini 6,6 ball bilan baholadi.

Shu tariqa, “Lugano” Konferensiyalar ligasining liga bosqichini uch ochko bilan boshladi va hozirda jamoa umumiy jadvalda 7-pog‘onani egallab turibdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing