Karimov jamoasi Konferensiyalar ligasida ilk bor mağlub böldi

Sport

−

visibility1154 timer1 daqiqa

image

Keça, 26 noyabr kuni Yevropa Konferensiyalar ligasida 4-tur uçraşuvlari bölib ötdi. Unda Özbekiston milliy terma jamoasi himoyaçisi Behruz Karimov töp suradigan Şveysariyaning “Lugano” klubi safarda Çexiyaning “Yablonets” jamoasiga mağlub böldi.

Uçraşuv Çexiya klubining 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. 70-daqiqada Martin Sedidla hisobni oçdi. Asosiy vaqt yakuniga yaqin, 85-daqiqada Lamin Javo “Yablonets”ning ustunligini mustahkamladi.

Behruz Karimov uçraşuvni asosiy tarkibda boşladi va töliq 90 daqiqa maydonda harakat qildi. “Sofascore” portali uşbu uçraşuvdagi harakatlari uçun Karimovga 6,6 ball qöydi.

Bu “Lugano”ning Konferensiyalar ligasi umumiy bosqiçidagi ilk mağlubiyati böldi. Şveysariyaliklar bunga qadar ötkazilgan uçta uçraşuvning barçasida ğalaba qozongan edi.

Ma’lumot uçun, “Lugano” Konferensiyalar ligasi doirasida 9 oçko bilan turnir jadvalida 6-örinda bormoqda. “Yablonets” esa 5 oçko bilan 18-poğonani egallagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing