Behruz Karimov jamoasi Konferensiyalar ligasida peşqadamga aylandi
Sport
−
10:34 990 1 daqiqa
Keça, 5 noyabr kuni Konferensiyalar ligasining navbatdagi turida Şveysariyaning “Lugano” klubi öz maydonida Litvaning “Kauno Jalgiris” jamoasini 3:0 hisobida mağlubiyatga uçratdi. Natijada “Lugano” musobaqa peşqadamga aylandi.
“Lugano” safida harakat qilayotgan özbekistonlik futbolçi Behruz Karimov bahsni asosiy tarkibda boşlab, maydonda töliq 90 daqiqa harakat qildi. U uçraşuvda bitta golli uzatmani amalga oşirdi.
Mezbonlar 11-daqiqada Yanis Çiminyanining aniq zarbasi bilan hisobni oçdi. 24-daqiqada Ezgan Alioski jamoasining ustunligini oşirdi. 32-daqiqada esa Behruz Karimovning golli uzatmasidan keyin Daniel dos Santos hisobni 3:0 körinişiga keltirdi.
Uçraşuvning qolgan qismida hisob özgarmadi va “Lugano” yirik ğalabani qölga kiritdi. “Sofascore” portali Behruz Karimovning harakatlarini 7,7 ballga baholadi.
Uşbu ğalabadan keyin “Lugano” Konferensiyalar ligasi umumiy bosqiçidagi uçta uçraşuvning barçasida ğalaba qozonib, 9 oçko bilan musobaqa jadvalida birinçi öringa kötarildi.
Live
Barchasi