Yo‘ldoshev va Ortiqxo‘jayev statsionarga aylanayotgan “O‘zekspomarkaz”ga bordi

Jamiyat

image

Bugun, 19 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va shahar prokurori Bahriddin Valiyev Yunusoboddagi “O‘zekspomarkaz” maydonlarida koronaviruvsga chalingan bemorlarni joylashtirish uchun yaratilgan zaxira koyka-o‘rinlarni ko‘zdan kechirishdi.

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Toshkent shahar prokurori Bahriddin Valiyev poytaxtda COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni qabul qila oladigan bir necha maskanlarni borib o‘rganishdi.

Jumladan, bugun ular Uchtepa tumanida joylashgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining yotoqxonasida bemorlarni davolash uchun tashkil etilgan joyni o‘rganib, davolash jarayonida qulayliklar yaratilishi borasida mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berishdi.

Shuningdek, tuman mas’ullari bilan birga Chilonzor tumanida joylashgan “CARDIO STAR PLUS” MCHJda 50 nafar bemorlar uchun zaxira koyka-o‘rinlari, u yerdagi shart-sharoitlar, davolanish uchun kerakli dori vositalari hamda uskunalar bilan jixozlanganligini o‘rgandi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zekspomarkaz” paviloni COVID-19 kasalligiga gumon qilinayotgan fuqarolarga birinchi yordam ko‘rsatish va taqsimlash markaziga aylantirilyapti. U yerda 500 nafar bemor uchun koyka o‘rnatilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

337

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing