YPX xodimidan qochgan haydovchi qamaldi
Jamiyat
−
31 iyul 2019
7532Avvalroq, Toshkent shahrining Sag‘bon ko‘chasida Damas haydovchisi yo‘l-patrul xizmati xodimidan qochib, bir nechta qoidalarni buzgani haqida xabar bergan edik.
Toshkent shahar IIBBning aniqlashicha, Damas haydovchisi 30 yoshli Sanjar K. avtomobilni tegishli hujjatlarsiz boshqargan.
30 iyul kuni ma’muriy ishlar bo‘yicha Olmazor tuman sudida Sanjar K.ga nisbatan ochilgan ish ko‘irb chiqilgan. Sud Sanjar K.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 194-moddasi 1-qismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik), 125-5-moddaning 2-qismi (Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi) va 183-moddalarida (Mayda bezorilik) ko‘rsatilgan qoidabuzarliklarni amalga oshirishda aybdor deb, topgan.
Sud unga EKIHning 11 baravari miqdorida jarima va 15 kun ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.
Eslatib o‘tamiz, Sanjar K. YPX xodimidan qochishi tasvirlangan video tarqalgach, o‘zi ichki ishlar organlariga borgan va kechirim so‘ragandi.
LiveBarchasi