YPX inspektorlarini “ment” degan avtobloger hibsga olindi
3-sahifa
−
01 Oktabr 2021
21430Ijtimoiy tarmoqlarda bloger Bobur G‘aniyev Toshkent shahar Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan ushlangani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, kecha, 30 sentyabr kuni taxminan soat 23:30 da Uchtepa tumani “Farhod” bozori ro‘parasida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz poytaxt” profilaktik tadbiri davomida Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan Epica rusumli davlat raqami 01 U 909 BB bo‘lgan avtomashina to‘xtatilgan.
Transport vositasi haydovchisi 1993 yilda tug‘ilgan Abror Kozubayevning (internet tarmog‘ida “Abror bloger” nomi bilan tanilgan) hujjatlari tekshirilgan. Shu jarayonda Epica rusumli avtomashinada yo‘lovchi sifatida o‘tirgan 1987 yilda tug‘ilgan Bobur G‘aniyev (internet tarmog‘ida “Avtobloger Bobur G‘aniyev” nomi bilan tanilgan) YPX inspektorlarini haqorat qilib, janjal ko‘targan. IIO xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan jamoat tartibini buzgan. Shundan so‘ng transport vositasining haydovchisi Abror Kozubayev, yo‘lovchilari Bobur G‘aniyev va O.Salimov Uchtepa tumani IIO FMBga olib borilgan.
Holat yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish va tekshiruv o‘tkazish jarayonida Bobur G‘aniyevning shaxsiy uyali telefon apparatida pornografik mazmundagi qonunda taqiqlangan videomateriallar va fotosuratlar borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, natijasi bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun sudga taqdim etiladi.
LiveBarchasi