YPX inspektori bilan janjallashgan haydovchi qamaldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida haydovchi va YPX xodimi janjallashgani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 12 aprel kuni soat 17:40 da fuqaro Q.M. Lacetti rusumli avtomobil vositasini spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda boshqarib, M-39 avtomobil yo‘lining Kitob-Shahrisabz yo‘nalishida boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda qarama-qarshi tomondan kelayotgan “Hamkor” rusumli mototsikl bilan yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Shu vaqtda o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan Shahrisabz shahar IIB JXX YHXB katta inspektori yo‘l-transport hodisasini protsessual rasmiylashtirish maqsadida haydovchini to‘xtatib, Q.M.ning spirtli ichimlikdan mastlik holatini aniqlash uchun “alkotester” tekshiruvidan o‘tkazmoqchi bo‘lgan. Haydovchi YPX inspektorining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, uning xizmat faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgan.

Mazkur holat yuzasidan haydovchi Q.M.ga nisbatan Shahrisabz shahar prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

YPX Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing