Yirtqichni uyg‘otdingiz – Konor Dastinni yutishiga ishonmoqda 

Sport

image

Irlandiyalik UFC jangchisi Konor Makgregor amerikalik Dastin Pore bilan o‘tkazilishi kutilayotgan uchinchi jangi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.  

"10 iyul kuni men buni muammosiz hal qilaman! Ular taktik o‘yinlar o‘ynashni xohlaydimi? Muammo yo‘q, ko‘rishguncha. Siz yirtqichni uyg‘otdingiz. Duo qiling", deb yozgan Makgregor o‘zining Twitter'dagi sahifasida. 

Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor va Dastin Pore o‘rtasidagi uchinchi jang 10 iyul kuniga rejalashtirilgan.  

Ma’lumot o‘rnida, Konor va Pore avval ham ikki marotaba to‘qnash kelgan. Birinchi jang 2014 yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan va unda irlandiyalik Konor amerikalik Dastinni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.  

Ikkinchi jang esa joriy yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tdi va unda aksincha, Makgregor Dastinga nokaut bilan yutqazdi. Bu nokaut Konorning faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Konor Dastin

Baholaganlar

318

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing