Yil boshidan beri O‘zbekistonda qancha odam haqorat va tuhmat qilgani uchun sudlangani ochiqlandi
3-sahifa
−
21 noyabr
2561Joriy yilning 10 oyi davomida qancha fuqarolar haqorat qilish va tuhmat bilan sudlangani ma’lum qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qilish) bilan 451 nafar shaxs sudlanib, ularning 92 nafariga jarima, 242 nafariga axloq tuzatish ishlari, 4 nafariga majburiy jamoat ishlari hamda 110 nafariga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. 3 nafar shaxsga shartli hukm qilingan.
Shuningdek, shu muddat davomida Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) bilan 121 nafar shaxs sudlanib, ularning 11 nafariga jarima, 14 nafariga axloq tuzatish ishlari hamda 92 nafariga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. 4 nafar shaxs shartli hukm qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda o‘tgan bir yil mobaynida ko‘pxotinlilikni targ‘ib qilgan 14 nafar shaxs jazolangandi. O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 31 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonuniga muvofiq Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 47-8 (ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilish) hamda 189-2 (jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilish) moddalari bilan to‘ldirilgan.
LiveBarchasi