“Muttaham!” Şörçi hokimi fermerlarni böralab sökkani aytilmoqda (audio)

3-sahifa

−

image

Keça, 25 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Şörçi tuman hokimi Akbarali Işmurzoyev fermerlarni haqorat qilgani aytilgan audio tarqaldi. Audioda hokim paxta rejasi masalasida ötkazilgan yiğilişda fermerlani haqorat qilganini eşitiş mumkin.

Audioyozuvda hokim sifatida taniştirilgan şaxs fermerdan davlatga topşirilişi kerak bölgan hosil va yerdan foydalaniş masalalari böyiça hisobot söraydi.

“Sen, muttaham, kredit öğrilaşni bilasan, davlat yerida boşqa narsa ekişni bilasan, arpani xaltalab sotişni bilasan... Yer kodeksini bilmaysan. Endi men senga uni bildiraman, muttaham!” degan hokim ekani aytilayotgan şaxs.

Bundan taşqari, u audioda bir neça bor hokimni haqoratlaganini eşitiş mumkin. Uşbu holat böyiça viloyat hokimligi munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, holatni xolis va töliq örganiş, huquqiy baho beriş uçun vakolatli idoralar vakillaridan iborat işçi guruh tuzilgan.

Viloyat hokimi Uluğbek Qosimov davlat xizmatçilari qonun ustuvorligi, inson qadri, özaro hurmat va xizmat etikasi talablariga qat’iy rioya etişi zarurligini ta’kidlagan. Örganiş natijalari asosida qonunçilikda belgilangan tartibda tegişli qaror qabul qilinadi.

Eslatib avvalroq, Toşkent viloyatining Piskent tumani hokimi Muzaffar Oripov fermerlarni haqoratlab, kartoşka ekmasa yerlarini tortib oliş va “jonini suğurib oliş” bilan tahdid qilgani aytilgan audio tarqalgandi. Keyinroq, uşbu holat ortidan Muzaffar Oripovga hayfsan berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing