“Men köçaman”. Haydovçini haqorat qilgan YPX xodimi işdan olindi (video)
3-sahifa
−
15:59 2537 1 daqiqa
Toşkent şahrida haydovçiga “Men köçaman”, deya munosabatda bölgan va uni haqorat qilgan yöl-patrul xizmati inspektori, kiçik serjant Raimov egallab turgan lavozimidan çetlatilib, unga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlandi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 8 noyabr kuni soat 20:20 larda haydovçi poytaxtning Şahrisabz köçasida harakat töğriga yöl belgisiga amal qilmasdan çapga qayrilişni amalga oşirgani uçun yöl-patrul xizmati xodimi tomonidan töxtatilgan.
Özaro muloqot vaqtida yuzaga kelgan tortişuvda ikkinçi safarbarlik guruhi yöl-patrul xizmati inspektori, kiçik serjant Raimov odob-axloq qoidalariga zid ravişda fuqaroni haqorat qilgan.
Hozirda Toşkent şahar yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi tomonidan xizmat tekşiruvi tayinlanib, Raimov egallab turgan lavozimidan çetlatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon viloyatining Böston tumanida yöl-patrul xizmati inspektorini haqorat qilgan fuqaro 8 sutkaga qamalgan edi.
Live
Barchasi