“Kokoş”, Barçin Ğofurova va Nihola Rajabova qamaldi
3-sahifa
−
15:30 4881 4 daqiqa
Keça, 13 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Kokoş” taxallusi bilan tanilgan bloger Komila Abduqodirova, aktrisa Barçin Ğofurova va “Ryyan Sweet” nomi bilan tanilgan yana bir bloger Nihola Rajabova ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Toşkent şahar sudlari xabar berdi.
Qayd etilişiça, Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudining joriy yil 16 iyundagi hukmiga muvofiq:
- Komila Abduqodirova (1992 yilda Toşkent şahrida tuğilgan) Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 2-qismi, 140-moddasi (haqorat qiliş) 3-qismi “a” bandi va 229-moddasi (özboşimçalik) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 1 yil 6 oy muddatga ozodlikni çeklaş jazosi;
- Barçin Ğofurova (1990 yilda Toşkent şahrida tuğilgan) Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 2-qismi va 140-moddasi (haqorat qiliş) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 1 yil 3 oy muddatga ozodlikni çeklaş jazosi;
- Nihola Rajabova (1987 yilda Qirğiz Respublikasida tuğilgan) Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qiliş) 3-qismi “a” bandi va 165-moddasi (tovlamaçilik) 2-qismi “b”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
QALAMPIR.UZ Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudining joriy yil 16 iyundagi hukmi bilan tanişdi.
Unga köra, sudlanuvçilar haqorat qiliş, ya’ni fuqaroning şaxsini qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlaş, ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmoğiga joylaştiriş jinoyatini sodir etgan. Xususan, Komila Abduqodirova 2025 yilning 3 mart kuni Çilonzor tumanidagi “Med Consultant” nomli xususiy klinikada liposaksiya hamda abdominoplastika plastik jarrohlik amaliyotini ötkazgan. Uşbu amaliyot töğri ötkazilgan, lekin Komila Abduqodirovada nekroz jarayoni kuzatilgan va bemor bunda klinika rahbarini ayblagan. Biroq hujjatda keltirilişiça, sudlanuvçi jarrohlik amaliyotidan keyin şifokorlar körsatmalariga amal qilmagan. Xususan, u nikotin iste’mol qilgan, yotoq rejimini va reabilitatsiyani buzgan, amaliyotdan keyingi aseptika va antiseptikaga rioya qilmagan, jismoiy zöriqişni kamaytirmagan hamda qorin sohasida amaliyotdan oldin şikoforlar ruxsatisiz qorin sohasida “Mezodissolyutsiya” (teri ostiga yoğlarni erituvçi preparatlarni yuboriş) amaliyotini ötkazgan.
Şunga qaramay, sudlanuvçilar özlarining Instagram ijtimoiy tarmoğidagi sahifalarida klinika şifokorlarini ayblab, turli haqoratli videolar joylagan. Bundan taşqari, ular klinika rahbari U.A. ni oğir va ilojsiz ahvolga solib qöygan. Xususan, undan moddiy manfaat qölga kiritiş maqsadida özlarining ijtimoiy tarmoqlariga joylangan tuhmatli videotasvirlarni öçiriş, “Med Consultant” klinikasi hamda rahbari U.A. ning obrösini tiklab berişni va’da qilgan. Evaziga esa klinika rahbaridan Komila Abduqodirovani qöşimça davolaş uçun Turkiyadagi xususiy klinikaga 35 ming dollar ötkazib berişini talab qilgan.
Sud majlisida sudlanuvçilar – Komila Abduqodirova, Barçin Ğofurova va Nihola Rajabova ayblariga iqror bölmagan.
Jabrlanuvçi U.A. esa dastlabki tergovdagi körsatmalarini tasdiqlab, sudlanuvçilarga nisbatan da’vosi borligini bildirgan va ularga nisbatan qonuniy jazo tayinlaşni söragan. 16 iyun kuni bölib ötgan sudda sudlanuvçilarga yuqorida keltirilgan jazolar tayinlangan N.R. va jabrlanuvçi U.A. ning şikoyatlari asosida uşbu jinoyat işi Toşkent şahar sudining apellyatsiya instansiyasida qayta körilib, birinçi instansiya sudining hukmi bekor qilingan.
Xususan, apellyatsiya sudining keça, 13 noyabrdagi hukmiga köra, Komila Abduqodirova, Barçin Ğofurova va Nihola Rajabova Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qiliş) 3-qismi “a” bandi va 165-moddasi (tovlamaçilik) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Komila Abduqodirova ga 3 yil 6 oy, Barçin Ğofurovaga 4 yil va Nihola Rajabovaga 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazolarni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilangan.
Qayd etilişiça, jabrlanuvçi va boşqa manfaatdor şaxslarga jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy hamda ma’naviy zararni undiriş masalasi yuzasidan fuqarolik işlari böyiça sudiga murojaat qiliş huquqlari borligi tuşuntirilgan. Apellyatsiya instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toşkent şahar sudining taftiş instansiyasiga şikoyat berişi va protest keltirişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq behayo çiqişlari ortidan jamoatçilik e’tirozlariga sabab bölgan aktrisa Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamalgan edi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr