“Aççiq natija”. Sud “Kokoş” va uning dugonalari işi böyiça izoh berdi

3-sahifa

−

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda “Kokoş” taxallusi bilan tanilgan bloger Komila Abduqodirova, aktrisa Barçin Ğofurova va “Ryyan Sweet” nomi bilan tanilgan yana bir bloger Nihola Rajabova ozodlikdan mahrum etilgani haqida xabar berilgan edi. Toşkent şahar sudlari mazkur iş yuzasidan izoh berdi.

“Kokoş” taxallusi bilan tanilgan bloger va boşqalarga nisbatan çiqarilgan sud hukmi turli muhokamalarga sabab bölayotganini kutilmagan holat emas. Negaki, blogerning jarrohlik amaliyoti bilan boğliq ğavğolar, masala hali huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yetib kelmasidan avval, ijtimoiy tarmoqlarda sizdirilişi ortidan kelib çiqqan şov-şuv natijasida köpçilik holat böyiça “hukm-xulosa” çiqarib bölgandi, göyo?!” deyiladi bayonotda.

Şuningdek, Toşkent şahar sudlarining qayd etişiça, voqealar rivoji tanganing ikkinçi tomonini körsatmoqda. Yanada aniqroq aytilsa, jarrohlik amaliyoti asoratlari oqibatida öziga nisbatan moddiy va ma’naviy zarar yetkazilgan deb hisoblagan şaxs qonuniy tartiblar asosida vakolatli organga murojaat etişida muammo yöq. Masalaga qonun taqiqlagan usullar orqali “yeçim topişga” uriniş esa jiddiy huquqiy oqibatlar keltirib çiqarişi aniq.

“Bloger va uning xayrixohlari ikkinçi yölni tanlagani körinadi va buning aççiq natijasini jamoatçilik körib, bilib turibdi: ular tuhmat va tovlamaçilik jinoyatlarida aybdor, deb topildi va tegişli jazo tayinlandi”, deyiladi izohda.

Qayd etilişiça, hukmning qonuniy va asosligi alohida masala bölib, alohida huquqiy jarayonni talab qiladi. Birinçi instansiya sudining hukmi apellyatsiya instansiyasida bekor qilinib, sudlanuvçilarga nisbatan ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq jazo tayinlaşi ham favqulodda hodisa emas. Bu odil sudlov jarayonining ajralmas qismi bölib, ayni tartib sud hujjatidan norozi taraflarning şikoyat qiliş huquqini kafolatlaydi.

“Bunday huquqqa sudlanuvçilar ham ega va Toşkent şahar sudi apellyatsiya instansiyasi hukmiga nisbatan şikoyat qilişi mumkinligi takror eslatiladi”, deyiladi izohda.

Özi nima bölgan edi?

Joriy yilning 13 noyabr kuni apellyatsiya sudining hukmi bilan Komila Abduqodirova, Barçin Ğofurova va Nihola Rajabova Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qiliş) 3-qismi “a” bandi va 165-moddasi (tovlamaçilik) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Şu asosda Komila Abduqodirovaga 3 yil 6 oy, Barçin Ğofurovaga 4 yil va Nihola Rajabovaga 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazolarni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilandi.

Ularning ozodlikdan mahrum etilişi 2025 yilning mart oyida Komila Abduqodirova Çilonzor tumanidagi “Med Consultant” nomli xususiy klinikada liposaksiya hamda abdominoplastika plastik jarrohlik amaliyotini ötkazgani va şundan keyin kelib çiqqan mojaro bilan boğliq. Öşanda sudlanuvçilar haqorat qiliş, ya’ni fuqaroning şaxsini qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlaş, ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmoğiga joylaştiriş jinoyatini sodir etgan. Jarrohlik amaliyoti töğri ötkazilgan bölsa-da, Komila Abduqodirovada nekroz jarayoni kuzatilgan va bemor bunda klinika rahbarini ayblagan. Biroq hujjatda keltirilişiça, sudlanuvçi jarrohlik amaliyotidan keyin şifokorlar körsatmalariga amal qilmagan. Xususan, u nikotin iste’mol qilgan, yotoq rejimini va reabilitatsiyani buzgan, amaliyotdan keyingi aseptika va antiseptikaga rioya qilmagan, jismoiy zöriqişni kamaytirmagan hamda qorin sohasida amaliyotdan oldin şikoforlar ruxsatisiz qorin sohasida “Mezodissolyutsiya” (teri ostiga yoğlarni erituvçi preparatlarni yuboriş) amaliyotini ötkazgan.

Şunga qaramay, sudlanuvçilar özlarining Instagram ijtimoiy tarmoğidagi sahifalarida klinika şifokorlarini ayblab, turli haqoratli videolar joylagan. Bundan taşqari, ular klinika rahbari U.A. ni oğir va ilojsiz ahvolga solib qöygan. Xususan, undan moddiy manfaat qölga kiritiş maqsadida özlarining ijtimoiy tarmoqlariga joylangan tuhmatli videotasvirlarni öçiriş, “Med Consultant” klinikasi hamda rahbari U.A. ning obrösini tiklab berişni va’da qilgan. Evaziga esa klinika rahbaridan Komila Abduqodirovani qöşimça davolaş uçun Turkiyadagi xususiy klinikaga 35 ming dollar ötkazib berişini talab qilgan.

Sud majlisida sudlanuvçilar – Komila Abduqodirova, Barçin Ğofurova va Nihola Rajabova ayblariga iqror bölmagan. 

Jabrlanuvçi U.A. esa dastlabki tergovdagi körsatmalarini tasdiqlab, sudlanuvçilarga nisbatan da’vosi borligini bildirgan va ularga nisbatan qonuniy jazo tayinlaşni söragan. 16 iyun kuni bölib ötgan sudda sudlanuvçilarga yuqorida keltirilgan jazolar tayinlangan N.R. va jabrlanuvçi U.A. ning şikoyatlari  asosida uşbu jinoyat işi Toşkent şahar sudining apellyatsiya instansiyasida qayta körilib, birinçi instansiya sudining hukmi bekor qilingan va yuqorida keltirilgan jazo çiqarilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing