“Yiqilgan kurashga to‘ymas”. Rossiya oyga yana kosmik stansiya uchirmoqchi

Olam

image

“Roskosmos” 2025-2026 yillarda Oyga missiyasini takrorlamoqchi. Bu haqda davlat korporatsiyasi xabar berdi.

Bugun, 25 avgust kuni “Roskosmos” bosh direktori Yuriy Borisov “Luna-25” avtomatik stansiyasining yetakchi ishlab chiqaruvchisi “Lavochkina” birlashmasida ishchi uchrashuv o‘tkazdi.

"Roskosmos” rahbari korxona xodimlari va rossiyalik olimlar bilan “Luna-25” tugallanmagan missiyasining mumkin bo‘lgan sabablarini, shuningdek, Rossiya Oy dasturining kelajakdagi istiqbollarini muhokama qildi", deyiladi xabarda.

Yuriy Borisovga ko‘ra, “Luna-25” ning tugallanmagan missiyasi Oyni tadqiq qilish istiqbollarini to‘xtatib qo‘ymaydi.

“Bundan fojia yasashning hojati yo‘q, xulosa chiqarib, bu boradagi ishlarni davom ettirishimiz kerak”, deydi davlat korporatsiyasi bosh direktori.

Qayd etilishicha, dasturni davom ettirish variantlaridan biri 2025-2026 yillarda Oyning janubiy qutbiga qo‘nish missiyasini takrorlash imkoniyati bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 avgust kuni Amur viloyatidagi “Vostochniy” kosmodromidan uchirilgan “Luna-25” avtomatik stansiyasi zamonaviy Rossiya tarixidagi birinchi oy missiyasi bo‘ldi. 17 avgust kuni stansiya oyning narigi tomonining ilk suratlarini oldi. Ammo shundan so‘ng stansiya Oy bilan to‘qnashib, o‘z faoliyatini to‘xtatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya oy kosmik stantsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing