“Luna-25” koinotdan birinchi suratlarni uzatdi

Texnologiya

image

Rossiya tarixidagi birinchi sayyoralararo stansiya “Luna-25” koinotdan birinchi suratlarini uzatdi. Bu haqda “RIA novosti” nashri xabar berdi. 

“Roskosmos” davlat korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi stansiya 11 avgust kuni Moskva vaqti bilan 02:11 da "Vostochniy" kosmodromidan uchirildi, 16 avgust kuni esa u Oy orbitasiga kirib bordi. Bildirilishicha, hozir kosmik kema Oy orbitasida parvozini davom ettirmoqda. Barcha tizimlar me’yorida ishlayapti va u bilan aloqa barqaror.

“Luna-25” Oyning janubiy qutbida qiyin relefga ega bo‘lgan hududga yumshoq qo‘nishni amalga oshiradigan birinchi qurilma bo‘lishi kutilmoqda. Bu hodisa 21 avgustga to‘g‘ri keladi. Parvozning asosiy maqsadi oy tuprog‘ining kontaktli tadqiqotlarini o‘tkazishdir.

Suratlar Rossiya Fanlar akademiyasining Koinot tadqiqotlari instituti saytida e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 9 avgust kuni Xitoy atrof-muhit monitoringi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun Huanjing Jiancai-2-06 radar sun’iy yo‘ldoshini koinotga muvaffaqiyatli uchirdi. 


Maqola muallifi

Teglar

surat Oy Roskosmos koinot Luna

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing