Koinotdagi super Yerdan ğayrioddiy signal keldi

Bu qiziq

−

image

Xitoyning FAST radioteleskopi koinotning uzoq hududidan kelgan ğayrioddiy radio signalni qayd etdi. Holat Yerdan taşqari sivilizatsiyalar mavjudligini örganuvçi olimlarda qiziqiş uyğotmoqda. Bu haqda “Daily Mail” naşri xabar berdi.

Manbaga köra, signal 2021 yilda yozib olingan, biroq uning tahlil natijalari yaqinda e’lon qilingan. NBS 260108 deb nomlangan radiosignal vaqt ötişi bilan bir maromda özgarib turgan yagona çastotali barqaror ohangdan iborat bölgan. Bunday xususiyatlar tabiiy jarayonlar natijasida yuzaga keladigan signallar uçun odatiy emas. Şu sababli, uning sun’iy kelib çiqiş ehtimoli ham örganilmoqda.

Naşrga köra, signal Yerdan 238 yoruğlik yili uzoqlikda joylaşgan K2-155 yulduz tizimini kuzatiş jarayonida aniqlangan. Uşbu tizimda uçta super Yer mavjud bölib, ularning biri yulduzning yaşaş uçun qulay hududi yaqinida joylaşgan deb hisoblanadi.

Tadqiqot davomida aniqlangan signalning çastotasi vaqt ötişi bilan asta-sekin pasayib borgan. Bu uzoqdagi radiouzatgiçning Yerga nisbatan harakati natijasida yuzaga kelişi mumkin bölgan çastota siljişiga öxşaydi.

E’tiborlisi, signal FAST teleskopining 19 ta qabul qiluvçi nuridan faqat bittasida – aynan K2-155 yulduziga yönaltirilgan qismida qayd etilgan. Qolgan 18 ta nur esa mos keladigan signalni aniqlamagan. Uşbu tadqiqot natijalari “The Astronomical Journal” ilmiy jurnalida çop etilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing