Yevroparlament Zurabishvilini Gruziya prezidenti sifatida tan oldi
Olam
−
13 fevral 4991 1 daqiqa
Yevroparlament 2024 yil 29 dekabr kuni prezident saroyini tark etgan Salome Zurabishvilini Gruziyaning qonuniy prezidenti sifatida tan oldi. Bu haqda bugun, 13 fevral kuni Strasburgda qabul qilingan rezolyutsiyada so‘z boradi.
“Yevropa parlamenti Salome Zurabishvilini Gruziyaning qonuniy prezidenti va gruzin xalqining vakili sifatida tan olishda davom etmoqda”, deyiladi rezolyutsiyada.
Shuningdek, u Zurabishvilini 20-21 mart kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan YeI sammitiga Gruziya Prezidenti sifatida taklif qilishni ta’kidlagan. Yevroparlament deputatlari Gruziyadagi siyosiy inqirozni faqat yangi parlament saylovlari orqali hal qilish mumkin, deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 14 dekabr kuni Gruziyada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tgan, unda davlat rahbari lavozimiga yagona da’vogar, hukmron “Gruziya orzusi” partiyasidan Mixail Kavelashvili g‘alaba qozongandi. U saylovchilarning 225 ovozidan 224 tasini oldi.
13 dekabr kuni Zurabishvili vakolat muddati tugaydigan 29 dekabrdan keyin prezident saroyini tark etish niyatida emasligini aytdi. Biroq respublika Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze, agar u shunday qilsa, jinoiy javobgarlikka tortilishi bilan tahdid qildi. Oxir-oqibat, u saylovlarni noqonuniy deb atadi, ammo Kavelashvilining inauguratsiyasi kuni prezidentlik qarorgohini tark etdi.
Live
Barchasi