Yevropaning yana bir davlatida 5,6 balli zilzila bo‘ldi
Olam
−
31 Oktabr 2020 12631 1 daqiqa
Seysmologlar Norvegiyaning Yan-Mayen oroli hududida 5,6 balli zilzilani qayd etishdi. Bu haqda AQSH Geologiya xizmati xabar bermoqda.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, zilzila epitsentri Olonkinbyuen qishlog‘idan 205 km shimoliy-g‘arbda joylashgan. Zilzilaning uchog‘i esa 10 km chuqurlikda qayd etilgan.
Vayronalar va qurbonlar haqida ma’lumotlar keltirilmagan.
Kecha, 30 oktyabr kuni Turkiyaning g‘arbiy qismida Izmir viloyatida vayronkor zilzila yuz bergani xabar qilingandi. Zilzila kuchi 6,6 ball bo‘lgan.
Qurbonlar soni esa 6 nafardan 12 nafarga yetdi. Jabrlanganlar 200 nafardan 419 nafargacha ko‘paydi.