Ukraina qişni elektrsiz ötkazmasligi uçun Norvegiya 54 mln dollar ajratdi

Olam

−

image

Norvegiya Ukrainaga qiş mavsumida energiya ta’minotini barqaror saqlaş va Rossiya hujumlari oqibatida zarar körgan energetika infratuzilmasini tiklaş uçun qariyb 54 million dollar ajratadi. Bu haqda Norvegiya hukumati matbuot xizmatiga tayanib “Ukrinform” xabar berdi.

Norvegiya energetika vaziri Terje Osland keça, 27 oktyabr kuni Kiyevga taşrifi davomida Ukraina energetika sohasini qöllab-quvvatlaş uçun 500 million Norvegiya kronasi ajratilişini ma’lum qilgan.

“Ukraina uruş şaroitidagi yana bir qiş mavsumiga kirib bormoqda. Energiya ta’minotini imkon qadar barqaror saqlaş va oğir gumanitar oqibatlarning oldini oliş uçun Rossiya bombardimonlari oqibatida zarar körgan muhim infratuzilmani tiklaş hamda mustahkamlaşga zarur uskunalarni sotib oliş uçun mablağ ajratiş juda muhim”, degan Osland.

Mablağlar 2026 yilgaça möljallangan Nansen dasturi doirasida Ukraina energetikasini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi orqali yönaltiriladi. Uşbu mablağlar infratuzilmani ta’mirlaş, yangi uskunalar xarid qiliş va eng dolzarb ehtiyojlarni qoplaşga sarflanadi. Ukraina tomoni, xususan, elektr ta’minotini barqarorlaştiriş uçun yangi elektr kabellari zarurligini bildirgan.

Norvegiya 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli bosqini boşlanganidan beri gaz xaridi, energetika infratuzilmasini ta’mirlaş va yangi yeçimlarni joriy etiş uçun 16 milliard Norvegiya kronasidan ortiq mablağ ajratgan.

Avvalroq, Norvegiya Boş vaziri Yonas Gar Styore 2027 yilda ham Ukrainaga harbiy, gumanitar va moliyaviy yordam körsatiş davom ettirilişini, bu maqsadlar uçun qariyb 9 milliard dollar ajratilişini bildirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Norvegiya Ukrainaga qaraşli “Naftogaz” davlat energetika kompaniyasining 4,22 milliard dollarlik kompensatsiya talabini undiriş doirasida Rossiyaning “Professor Molçanov” kemasini qölga olgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing