Yevropaliklarning Suriyaga munosabati o‘zgarmoqda. Rim ham Damashqqa pul bermoqchi
Olam
−
29 mart
2693Italiya Suriyadagi gumanitar loyihalarni moliyalashtirish va infratuzilmani tiklash uchun qariyb 68 mln yevro ajratdi. Bu haqda 27 mart kuni Italiya Tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani parlament eshituvida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, dastlabki paket shifoxonalar va sog‘liqni saqlash, infratuzilma va oziq-ovqat ta’minoti zanjirlarini mustahkamlash sohasidagi gumanitar tashabbuslarga ajratilgan.
“Yangi kooperatsiya loyihalari yaqin haftalarda boshlanadi. Shuningdek, biz rekonstruksiyaga qaratilgan biznes-forum tashkil etish niyatidamiz”, degan Tayani.
Shuningdek, u boshqa mamlakatlar ham Suriyaning yangi hukumatiga o‘tish davri qiyinchiliklarini yengib o‘tishda yordam berish uchun 5,8 milliard yevro ajratishga va’da berganini aytib o‘tgan. https://qalampir.uz/news/yevropa-suriyaga-bir-necha-mlrd-yevrolik-yerdam-azhratmok-chi-116124
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi davlatlari, shuningdek, Suriyaga qarshi bir qator sanksiyalarni, jumladan, energetika, bank sektori, transport va tiklanish bilan bog‘liq cheklovlarni bekor qilgan.
Tayanining aytishicha, shu oyda Suriyaning yangi hukumati mamlakatda islom huquqining markaziy rolini saqlab qolgan konstitutsiyaviy deklaratsiyani e’lon qilgan. https://qalampir.uz/news/suriyaning-muvak-k-at-konstitutsiyasi-k-abul-k-ilindi-116002
“Konstitutsiyaviy deklaratsiya ijobiy qadam bo‘lib, sanksiyalarni asta-sekin va ehtiyotkorlik bilan yumshatishga yordam beradi”, degan u o‘z nutqida.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yevropa Ittifoqining yana bir davlati – Germaniya 13 yillik tanaffusdan keyin Suriyada elchixonasini qayta ochgandi. Elchixonani Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Damashqqa tashrifi davomida ochib berdi.
LiveBarchasi