Yevropa sudi Alisher Usmonovga rad javobi berdi
Olam
−
26 iyul 2022
7731Yevropa sudi rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishi bilan bog‘liq da’vosini tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqishni rad etdi. Bu haqda "Bild" nashri xabar berdi.
Usmonovning Yevroittifoqdagi aktivlari uning Rossiya rahbariyati bilan yaqinligi tufayli sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishi ortidan muzlatilgan edi.
Joriy yilning 29 aprel kuni ishbilarmon Yevropa sudiga Ittifoq qarori ustidan da’vo kiritgandi. Xususan, u sud qarori chiqqunga qadar sanksiyalarning cheklovchi choralarini to‘xtatib turishni so‘ragan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 28 fevral kuni YeI kengashi Alisher Usmonovni boshqa rossiyalik tadbirkorlar, rasmiylar va madaniyat arboblari qatori Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzishga hissa qo‘shgan shaxslar qora ro‘yxatiga kiritdi. Ularning barchasiga Yevropa Ittifoqiga kirish taqiqlandi, Yevropa Ittifoqidagi aktivlari muzlatildi.
Fransiya hukumati milliarderning ikkita vertolyotini hibsga olgan. Italiyada uning umumiy qiymati 80 mln yevrodan yuqori bo‘lgan aktivlari musodara qilingan.
Germaniyaning Gamburg shahri hukumati Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova nomiga rasmiylashtirilgan Dilbar yaxtasini musodara qilgan.
LiveBarchasi