Yevropa ligasi pley-off qarama-qarshiliklari ham ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Shveysariya Nyon shahrida Yevropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichidan so‘ng, qit’ada klublar miqiyosidagi musobaqalar reytingi bo‘yicha 2-o‘rinda turuvchi Yevropa ligasi bahslariga ham qur’a tashlandi. O‘zbekistonlik futbol muxlislarini Rimning “Roma” klubida qaysi jamoaga qarshi o‘ynashi ko‘proq qiziqtirgani shubhasiz. O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov to‘p tepadigan “Roma” pley-offda Avstriyaning “Zalsburg” klubi bilan bahs olib boradigan bo‘ldi.

Qur’a natijalari:
“Barselona” (Ispaniya) – “Manchester Yunayted" (Angliya);
“Yuventus” (Italiya) – “Nant” (Fransiya);
“Sporting” (Portugaliya) – “Mityulland” (Daniya);
“Shaxtyor” (Ukraina) – “Renn” (Fransiya);
“Ayaks” (Niderlandiya) – “Union Berlin” (Germaniya);
“Bayer” (Germaniya) – “Monako” (Fransiya);
“Sevilya” (Ispaniya) - PSV (Niderlandiya);
“Zalsburg” (Avstriya) – “Roma” (Italiya).

Ma’lumot o‘rnida, 2022-2023 yilgi mavsum Yevropa ligasi final o‘yini Vengriyaning Budapesht shahrida bo‘lib o‘tadi


Maqola muallifi

Teglar

Roma Yevropa ligasi

Baholaganlar

57

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing