Yevropa kengashi rahbarining ehtimoliy vorisi aytildi
Olam
−
10 yanvar
2802Italiyaning sobiq bosh vaziri Mario Dragi Yevropa kengashi raisi lavozimiga nomzod sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda "Financial Times" (FT) gazetasi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Yevropa Ittifoqi rasmiylari va diplomatlari 76 yoshli Dragi Yevropa Kengashining amaldagi prezidenti Sharl Mishelning vorisi bo‘lish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Biroq Yevropa Ittifoqi uni haqiqatan ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas.
Bildirilishicha, Dragining shaxsan o‘zi bu lavozimga ko‘z tikayotgani yo‘q, ammo undan jiddiy iltimos qilinsa, yangi lavozimda ish boshlashga rozi bo‘lishi mumkin.
Manbaning aytishicha, Italiyaning sobiq bosh vaziri Yevropa Ittifoqining asosiy pozitsiyalaridan birortasiga umuman da’vo qilmaydi.
Mishelning merosxo‘rini topishning shoshilinchligi qisman Yevropa Ittifoqi qoidalari bilan bog‘liq bo‘lib, agar Mishel iste’foga chiqqunga qadar hech qanday nomzod kelishib olinmasa, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanga Yevropa Kengashi rahbari lavozimini egallashga ruxsat berilishi mumkinligi haqida avvalroq xabar bergan edik.
LiveBarchasi