Sharl Mishel lavozimini muddatidan avval tark etish niyatida 

Olam

image

Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel Yevroparlamentga saylovlarda ishtirok etish niyati borligini ma’lum qildi. Bu haqda siyosatchi “De Standaard” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Uning ta’kidlashicha, agar u saylovlarda g‘alaba qozonsa, Yevropa kengashi raisi lavozimini tark etadi. Siyosatchining vakolat muddati 2024 yilning noyabrida yakunlanishi kerak, Yevropa parlamentiga saylovlar esa iyul oyida bo‘lib o‘tadi.

“Men 2024 yilgi Yevropa saylovlarida nomzod sifatida qatnashishga qaror qildim. Agar saylansam, qasamyod qilaman. Keyin iyul oyi o‘rtalarida Yevroparlament a’zosi sifatida faoliyat boshlagunimga qadar Yevropa Kengashi Prezidenti bo‘lib ishlayman”, degan Mishel.

Qayd etilishicha, Mishelning Yevropa Kengashi rahbari lavozimini tark etishi mumkinligi munosabati bilan Yevropa davlatlari rahbarlari iyul oyigacha uning vorisi kim bo‘lishi haqida kelishib olishi kerak. Agar bu amalga oshmasa, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Yevropa kengashi rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlanadi, chunki 2024 yilda aynan Vengriya YeI kengashiga raislik qiladi. Joriy yilning 17 iyun kuni Yevropa kengashining norasmiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 yanvar kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev 2026 yil prezidentlikdan ketishi va Konstitutsiyani o‘zgartirmasligi haqida “Egemen Qazaqstan” gazetasiga intervyu bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Kengashi Sharl' Mishel' Evroparlament

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing