Yevropa Kengashi prezidenti Rossiyani BMT Xavfsizlik Kengashidan haydashga chaqirdi
Olam
−
24 Sentabr 2022
5301Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar rahbarlaridan iborat Ittifoqning oliy siyosiy organi – Yevropa Kengashi prezidenti Sharl Mishel Rossiyani BMT Xavfsizlik Kengashidan chiqarib tashlash kerakligini aytdi.
“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi asossiz va hech nima bilan oqlanmagan, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qoralangan urush boshlaganida, uning Xavfsizlik Kengashidan chiqarilishi avtomatik tarzda amalga oshirilishi kerak”, deydi Mishel.
Avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bir necha bor Rossiyani Xavfsizlik Kengashi va BMTning boshqa tuzilmalaridan chiqarib tashlashga chaqirgan edi. Shuningdek, Zelenskiy Rossiyani Xavfsizlik Kengashidagi veto huquqidan mahrum qilishni ham taklif qildi.
Rossiya Buyuk Britaniya, AQSH, Xitoy va Fransiya bilan birgalikda BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi hisoblanadi. Ushbu besh davlatning har biri Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalariga veto qo‘yish huquqiga ega.
LiveBarchasi