Mirziyoyev Bakuda Sharl Mishel bilan uchrashdi
Jamiyat
−
12 noyabr
2873O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 12 noyabr kuni Baku shahrida o‘tayotgan iqlim bo‘yicha sammit doirasida Yevropa kengashi Raisi Sharl Mishel bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangi bitimni tez fursatda qabul qilish, shuningdek, "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" formatidagi birinchi sammitga tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev bugun, 12 noyabr kuni Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) doirasidagi Jahon yetakchilari sammitining yalpi majlisida nutq so‘zlagandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr