Mishel Orbanning Ukraina bo‘yicha tinchlik takliflarini rad etdi

Olam

image

Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning tinchlik takliflarini rad etib, Ukraina bo‘yicha hech qanday tinchlik muzokaralarini Ukrainasiz o‘tkazib bo‘lmasligini aytdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Agentlik Mishelning Vengriya Bosh vaziriga yo‘llagan javob xati bilan tanishgan. Unda Yevropa Kengashi rahbari Yevropa Ittifoqining Kiyevga qurol yetkazib berishni ko‘paytirish siyosati “urush siyosati emas, aksincha” ekanligini e’lon qilgan.

Shuningdek, Mishel YeI “Rossiya qo‘shinlarini Ukrainadan olib chiqib ketilishini” talab qilayotganini yozgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 2 iyul kuni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Kiyevga bordi. G‘arbning Ukrainaga harbiy yordamini tanqid qilgan Orbanning tashrifi Vengriya Yevropa Ittifoqi kengashiga raisligi boshlanganidan bir kun o‘tib amalga oshirildi. 5 iyul kuni Orban Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish maqsadida Moskva shahriga bordi. U Putin bilan hozirgi uchrashuv muhim ekanligi va Vengriya tez orada Yevropada ham Rossiya, ham Ukraina bilan muloqot olib borishga qodir yagona davlatga aylanishini ta’kidlagan. 8 iyul kuni u Xitoy rahbari Si Szinpin bilan Pekindagi Dyaoyuytay davlat qarorgohida uchrashib, unda Si Szinpin Xitoy va Vengriya Ukraina inqirozini hal qilishda umumiy tamoyillarga ega ekanini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Orban Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy hamda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvlari haqida Yevropa Ittifoqi hamda Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishelga maktub yo‘llagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Evropa Kengashi Viktor Orban Vengriya Sharl' Mishel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made