Yevropa Ittifoqi “Tolibon”ning Afg‘onistondagi g‘alabasini tan oldi

Olam

image
Marshal Do‘stum Afg‘onistonda! “Tolibon”ga qarshi hujum boshlandi north_east

Marshal Do‘stum Afg‘onistonda! “Tolibon”ga qarshi hujum boshlandi

“Tolibon” harakati Afg‘onistonda g‘alaba qozondi, shu bois Yevropa Ittifoqi u bilan muloqot qilishga majbur bo‘ladi. YeIning tashqi ishlar va xavsizlik siyosati oliy vakili Jozep Borrel shunday fikr bildirdi.

“Biz kim bo‘lishidan qat’i nazar, Qobuldagi rasmiylar bilan muloqot o‘rnatishimiz kerak bo‘ladi. “Tolibon” urushda g‘alaba qozondi va biz ular bilan muloqot qilishimiz kerak bo‘ladi”, degan Borrel YeI davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining favqulodda majlisida.

Xususan, Yevropa Ittifoqi “Tolibon” bilan 2001 yilda G‘arb davlatlari boshlagan harbiy kampaniya davomida ularga yordam bergan Yevropa davlatlari fuqarolari va afg‘onlarni mamlakatdan olib chiqilishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishi kerak.

“Men [Afg‘onistonga] amaliy muammolarni hal qilish uchun “Tolibon” muzokara o‘tkazishga delegatsiya yuboraman”, degan Borrel

Diplomat Afg‘oniston hukumatining mag‘lubiyati haqida gapirib, davlatchilik tashqaridan qurilmasligini, uni ma’lum davlat o‘z fuqarolari bilan qurishini ta’kidlagan.

U AQSH va YeI Afg‘onistonda “Al-Qoida”ni mag‘lub etganini, ammo u yerda zamonaviy davlat qurishga muvaffaq bo‘lmaganini qo‘shimcha qilgan.

Qayd etish kerakki, joriy yilning may oyida AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlari Afg‘onistonni tark etishni boshlashi ortidan “Tolibon” harakati hukumat nazoratidagi hududlarni egallab ola boshlagandi. Joriy yilning 15 avgust kuni esa Qobul shahri jangsiz egallanishi bilan mamlakatda hokimiyat “Tolibon” qo‘liga o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon EI

Baholaganlar

307

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing