Yevropaliklarning katta qismi Ukrainaning YeIga qo‘shilishiga qarshi – OAV
Olam
−
11:46 443 2 daqiqa
Yevropa aholisining 53 foizi Ukraina kelgusi yillarda Yevropa Ittifoqiga qabul qilinmasligi kerak deb hisoblaydi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.
Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga qarshilik Ruminiyadagi aholining 60 foizini, Germaniyadagi aholining 59 foizini, Polshadagi aholing esa 57 foizini tashkil qiladi. Eng past qarshilik Shvetsiyada qayd etilgan va u yerda aholing 30 foizi ushbu tezlashtirishga qarshi chiqqan. Shuningdek, Ispaniyada bu ko‘rsatgich 37 foizni, Niderlandiyada 43 foizni tashkil etgan. Ukrainaning o‘zida aholining 83 foizi blokka tezroq qo‘shilishni yoqlab chiqqan.
Ukrainaliklarning aksariyati Rossiya bosqiniga qarshi mamlakatni Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda himoya qilishni ustun ko‘rgan ammo, yevropaliklarning katta qismi ushbu jangda blokni himoya qilishda Ukrainaning hissasi kamroq ekanligini aytgan. So‘rovnomada ishtirok etgan yevropaliklarning beshdan bir qismi ikkala tomonning harakatlari teng deb hisoblagan. Shuningdek, aholining 16 foizi Ukrainani asosiy himoyachi deb biladi. So‘rovnomada ishtirok etgan yevropaliklarning atigi 14 foizi “Ukrainaning a’zoligi Yevropa Ittifoqini kuchliroq qiladi va uning global sahnadagi ta’sirini oshiradi”, deb hisoblaydi.
Ma’lumot uchun, Ukraina 2022 yilda Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun nomzod bo‘lgan. Kiyev Rossiyaning bosqinidan so‘ng darhol tashkilotga qo‘shilish uchun ariza topshirgan. Qo‘shilish bo‘yicha muzokaralar 2024 yil iyun oyida boshlangan, ammo Viktor Orban boshchiligidagi Vengriya hukumati bunga qarshilik qilib kelgan. Bu orqali Slavyan davlatining ittifoqqa qo‘shilishi uzoq vaqt davomida to‘sib qo‘yilgan edi. Joriy yilning mayida saylangan yangi Bosh vazir Peter Madyar Vengriyaning ushbu masaladagi munosabatini o‘zgartirdi. U Yevropa Ittifoqini “Ukrainaning blokka tezkor qo‘shilishi” atamasidan voz kechishiga erishdi.
“Aks xolda bu ko‘p yillar davomida Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun harakat qilib kelayotgan G‘arbiy Bolqon mamlakatlariga noto‘g‘ri signal yuboradi va ular ham tezkor qo‘shilishga harakat qilishadi”, deb aytgan Madyar.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayonini 2027 yilga qadar yakunlashga chaqirgan.
“Bu Ukraina va Yevropa uchun xavfsizlikning asosiy kafolati bo‘lishini”, deb aytgan u.
Biroq ittifoqdagi ko‘pchilik ushbu “shoshqaloqlikka” qarshiligicha qolmoqda. Ittifoqning Ukrainadagi elchisi Katarina Maternova Ukraina 2030 yilgacha ittifoqqa qo‘shilishini aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH va Ukraina rasmiylari tomonidan Bryussel ko‘magida muzokaralar olib borilayotgan tinchlik taklifining so‘nggi loyihasida 2027 yil 1 yanvargacha mamlakat Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish ko‘rsatilgani haqida xabar berilgan edi.
Jo‘rayev Shahriyor
Live
Barchasi