Yevropa Ittifoqi Suriyani qayta tiklashga yordam berishga tayyor – fon der Lyayen

Olam

image

Yevropa Ittifoqi “bosqichma-bosqich” yondashuvi yordamida Suriyani qayta tiklashga hissa qo‘shishga tayyor. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Yevroparlament Bosh assambleyasida so‘z ochdi. 

“Bashar Asadning qulashi Suriya xalqi uchun ozodlikdir. Asad qamoqxonalaridagi yurakni ezuvchi tasvirlarni hammamiz ko‘rdik. Bu yerda ko‘plab begunoh odamlar qamoqqa olingan, qiynoqlarga uchragan va halok bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan posti tufayli 14 yil qamoqda o‘tirgan yosh qizga o‘xshagan begunohlar yoki qamoqxonada tug‘ilgan kunni ko‘rmagan bolalar singari maxbuslar Asad yer osti zindonlari tizimini yaratdi. Bu rejimning haqiqiy yuzi edi. Shuning uchun ko‘pchilik suriyaliklar xursand. So‘nggi o‘n yilliklarda ilk bor Suriyaga umid qaytdi”, dedi Yevrokomissiya rahbari. 

Uning ta’kidlashicha, yangi rahbariyat tomonidan amalga oshirilgan bir qator dastlabki qadamlar ko‘ngilni quvontiradi. Yevropa ham mintaqaviy, ham mahalliy darajada bu jarayonda ishtirok etishi kerak. Yevropa Ittifoqi elektr energiyasi, suv, asosiy infratuzilma va boshqa ko‘p narsalarni tiklashda Suriya yangi hukumatiga bosqichma bosqich yordam beradi. Ammo Damashqdagi yangi rahbariyat o‘z harakatlari so‘zlariga to‘g‘ri kelishini isbotlashi kerak. Shundan keyin Yevropa Ittifoqi qayta qurishni osonlashtirish uchun sohaviy sanksiyalarni ham qayta ko‘rib chiqadi.

“Men hozirgina Iordaniya va Turkiyadan qaytdim. Men mintaqani barqarorlashtirish uchun qanday hamkorlik qilishimiz mumkinligini muhokama qildim”, dedi Yevrokomissiya rahbari.

Yevropalik siyosatchi suriyalik qochqinlarning mamlakatga qaytishi muammosiga ham e’tibor qaratib, Yevropa har qadamda uyiga qaytishga qaror qilgan suriyaliklarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligin ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi Suriyaning yangi rasmiylari bilan aloqalarni davom ettirish uchun Damashqdagi diplomatik vakolatxonasini qayta ochishi ma’lum qilingandi.

Diyorjon Quvondiqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Suriya Evropa Ittifoqi Ursula fon der Lyayen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing