EI ham Damashqdagi diplomatik vakolatxonasini qayta ochadi

Olam

image


Yevropa Ittifoqi Suriyaning yangi rasmiylari bilan aloqalarni davom ettirish uchun Damashqdagi diplomatik vakolatxonasini qayta ochmoqda. Bu haqda “The Journal” xabar berdi.

“Biz Suriyada konstruktiv muloqot o‘tkazish va u yerdan ma’lumot olish uchun vakolatxonani qayta ochamiz”, degan rasmiylar.

Shuningdek, Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas Yevropa Ittifoqi allaqachon “mamlakatning yangi rahbariyati bilan ehtiyotkor aloqalarni boshlaganini” ta’kidlagan.

“Biz Suriyada bo‘shliq qoldira olmaymiz, Yevropa Ittifoqi u yerda bo‘lishi kerak”, degan Kallas.

Ma’lumot uchun, Yevropa Ittifoqi mamlakatdagi fuqarolar urushi paytida Damashqdagi Asad rejimi bilan aloqalarini uzgan, ammo mahalliy aholiga yordam berish uchun asosiy gumanitar yordam donori bo‘lib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, 14 dekabr kuni Suriya poytaxti Damashqdagi Turkiya elchixonasida 12 yillik tanaffusdan keyin ushbu mamlakat missiyasi o‘z faoliyatini qayta boshlagandi. 2012 yilda faoliyatini to‘xtatgan elchixona rasmiy ravishda Turkiyaning Mavritaniyadagi elchisi Burhon Ko‘ro‘g‘li bilan vaqtincha ishlar vakili vazifasini bajaruvchi sifatida ochilgandi. Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan 12 dekabr kuni Ko‘ro‘g‘lini rasman yangi lavozimga tayinlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Damashq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing