Yevropa Ittifoqi Rossiyadan alyuminiy importini ham taqiqlashi mumkin

Olam

image

Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi 16-sanksiyalar paketiga rus alyuminiysini import qilishni taqiqlash ham kirishi mumkin. Bu  haqda “Reuters" xabar berdi.

“14 yanvarda Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan norasmiy uchrashuvlar o‘tkazib, Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganining uch yilligiga qadar qabul qilinadigan sanksiyalar paketi tafsilotlarini muhokama qildi", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, alyuminiy importiga taqiq bosqichma-bosqich joriy etiladi. "Reuters"ga ko‘ra, AQSH va Buyuk Britaniya 2024 yilda Rossiyada ishlab chiqarilgan metallarning importini taqiqlagan, ammo Yevroittifoq ayrim a’zo davlatlarning qarshiligi sababli bunday harakatni amalga oshirmagan.

"Bloomberg" xabariga ko‘ra, Yevroittifoq 16-sanksiyalar paketi doirasida nafaqat alyuminiy importiga cheklovlar kiritishni, balki Rossiyadan suyultirilgan tabiiy gaz importini ham asta-sekin to‘xtatishni rejalashtirmoqda.  

Bundan tashqari, paket doirasida o‘nlab kemalarga qarshi sanksiyalar joriy etilishi hamda yangi banklar SWIFT xalqaro to‘lov tizimidan uzib qo‘yilishi mumkin. Alyuminiy yetkazib berish cheklovlarining vaqt doiralari va miqyosi hali ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, Rossiya suyultirilgan gazi importini qisqartirish qanday shaklda e’lon qilinishi ham hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqining o‘nta davlati tezroq Rossiyadan barcha gaz importini to‘xtatishni taklif qilgani haqida xabar berilgandi. Hujjatni Litva, Latviya, Estoniya, Daniya, Chexiya, Polsha, Ruminiya, Shvetsiya, Irlandiya va Finlyandiya imzolagan.

Ma’rufaliyeva Mohimbegim


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Evropa Ittifoqi alyuminiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing