Yevropa davlatlari rossiyaliklarga viza berishni qiyinlashtirmoqchi

Olam

image

Yevropaning 11 ta davlati Yevropa Ittifoqidan Rossiya fuqarolariga Shengen vizasi berishni qat’iyroq va bir xil qoidalarga solishni so‘radi. Bu tashabbus Polsha, Shvetsiya, Chexiya, Daniya, Estoniya, Finlyandiya, Latviya, Litva, Niderlandi, Norvegiya va Islandiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Ular Yevropa Komissiyasiga yuborilgan qo‘shma murojaatda Rossiya fuqarolariga turistik vizalar berish jarayonini bir xil tartibga solish va nazoratni kuchaytirish hamda Shengen hududi bo‘yicha yagona qoidalar joriy etish zarurligini ta’kidlagan. Ularning fikricha, hozirgi turlicha yondashuv Shengen hududi xavfsizligiga va Yevropa Ittifoqining umumiy siyosatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan davlatlar Rossiya fuqarolarining Yevropaga qisqa muddatli sayohatlari davom etayotganini aytmoqda. Ularning fikricha, Ukrainadagi urush sharoitida bunday sayohatlar siyosiy jihatdan noto‘g‘ri signal bo‘lishi mumkin.

“Men Yevropada “shopping weekend”lar bo‘lishini xohlamayman. Ukraina frontda urush olib borayotgan bir paytda Yevropaga hashamatli sayohatlar ham bo‘lmasligi kerak”, deydi Shvetsiya migratsiya vaziri Yuxan Forssell.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda Rossiya fuqarolariga yuz minglab turistik vizalar berilgan bo‘lib, ularning katta qismi ko‘p martalik vizalardir. Bu esa ayrim Yevropa davlatlarida xavotir uyg‘otmoqda. Yevropa davlatlarining fikricha, amaldagi turlicha yondashuv Yevropa Ittifoqining Rossiyaga nisbatan umumiy siyosatini zaiflashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi vakillari Ukraina hukumatiga moliyaviy yordamni to‘xtatib qo‘yganini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya viza Evropa fuqaro qoida

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing