Yevropa AQSH hisobidan boyib ketish niyatida — Tramp

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning G7 sammitida Amerikaning yangi rahbari Jo Bayden bilan uchrashuvini maqtaganidan achchiqlandi. Bu haqda “Le Figaro” nashri xabar bergan.  

“Klubning bir qismi bo‘lgan va hamkorlikka juda qiziqqan Amerika Prezidenti bo‘lgani qanday yaxshi”, degan Makron sammit doirasida Baydenga. 

Tramp esa o‘z bayonotida ushbu so‘zlarni keltirib, Makron va Yevropa davlatlarining boshqa rahbarlari o‘rnida uning o‘zi ham “Prezident Baydenni Prezident Trampdan afzal ko‘rishini” ta’kidlagan.

“Albatta, ularga Bayden yoqadi, chunki endi ularga firibgarlikning eski usullariga qaytishga ruxsat beriladi”, degan Tramp o‘z fikrlarini bildirib. 

Trampga ko‘ra, Fransiya va Yevropaning boshqa davlatlari “AQSH hisobidan boyib ketish” niyatida. 

Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden rafiqasi Jill bilan “Katta yettilik” sammitiga Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II dan keyin kelib, qirollik protokolini buzgani haqida xabar bergandik.  

Ma’lumot uchun, AQSH Prezidentining xorijga safari doirasida qator uchrashuvlar rejalashtirilgan. Bayden ushbu safar chog‘ida Buyuk Britaniyadan tashqari, Belgiya va Shveysariyada bo‘ladi. Ushbu mamlakatlarga tashrifi davomida u NATO hamda AQSH-YeI (Yevropa Ittifoqi) sammitlarida ishtirok etadi. Bundan tashqari, eng kutilgan uchrashuv — Bayden Shveysariyaning Jenevasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan yuzma-yuz uchrashadi. Ushbu uchrashuvga Jenevada qattiq tayyorgarlik ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Bayden Makron

Baholaganlar

71

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing