Yoshlar mundialida o‘zbek bokschilari g‘alabali seriyani davom ettirmoqda
Sport
−
18 noyabr 2022
3143Ispaniyaning La Nusiya shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati bahslari davom etmoqda. 17 noyabr kunidagi janglarda 4 nafar O‘zbekiston vakili ringga ko‘tarildi.
-51 kg vaznda Ziyovuddin Alijonov Kolumbiya vakili David Ospinoni mutlaq ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratdi. -92 kg vazn toifasida Aynazar Kenesbayev meksikalik Daniyel Lopesga qarshi jang qildi va 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi. -67 kg vazn toifasida Javohir Ummataliyev JCHdagi ikkinchi jangini ispaniyalik Ganda Kulibaliga qarshi o‘tkazib, hakamlar qaroriga ko‘ra u ham 5:0 hisobidagi g‘alabani qayd etdi. -80 kgda Rahmatillo Boymatov irlandiyalik Rayan Kollins bilan bahsda raqibini dog‘da qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha o‘zbekistonlik yosh bokschilar Rossiya Federatsiyasining Anapa shahrida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishgandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar