Yerga kuchli magnit bo‘roni kelishi kutilmoqda
Salomatlik
−
09 may
310758 may kunidan boshlab iyun oyining dastlabki kunlariga qadar Yerni kuchli magnit bo‘roni qoplashi kutilmoqda. Bu haqda “News.ru” nashri xabar berdi.
Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari institutining rentgen astronomiya laboratoriyasiga ko‘ra, 8 may kuni Quyoshda ikkita kuchli chaqnash sodir bo‘lgan. Ular quyosh massasining Yerga kuchli otilishi bilan sabab yuzaga kelgan.
Birinchi chaqnash mahalliy vaqt bilan soat 07:00 atrofida, ikkinchisi esa oradan taxminan uch soat o‘tib yuz bergan. Ularning har ikkalasi ham X1 ballni tashkil etdi. Bu eng kuchli chaqnashlar sirasiga kiradi.
Olimlarning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bu may oyidagi quyosh faolligidagi eng katta emissiyadir. Avvalroq ham X1,7 magnitudali yanada kuchliroq chaqnash sodir bo‘lgandi, ammo bu quyosh moddasining kuchli otilishiga olib kelmagan. Shuningdek, 7 may kuni ham har 1,5-2 soatda, umumiy hisobda 14 ta shunday chaqnashlar kuzatilgan.
Ushbu hodisa vaqtida chiqarilgan quyosh materiyasining massasi hozirda Yer tomon harakatlanmoqda.
“Ular juda katta kinetik energiyaga ega va Yerning magnit maydoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba beradi. Dastlabki, Quyosh massalarining Yerga kelishi 11 may, shanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda”, deyiladi rentgen astronomiya laboratoriyasi bayonotida.
Qayd etilishicha, 8 may kuni sodir bo‘lgan chaqnashlar sabab kelib chiqqan magnit bo‘ronining kuchi taxminan G2-G3, ya’ni o‘rtacha quvvatda deb baholanmoqda. Rentgen astronomiya laboratoriyasining prognoz qilishicha, magnit bo‘ronlarining maksimal kuchi 13, 24, 27 may kunlari, undan keyin esa 1 iyundan 3 iyun kuniga qadar kuzatiladi.
Olimlarning bildirishicha, magnit bo‘ronlarining inson salomatligiga ta’siri haqida ishonchli dalil yo‘q - quruqlikdagi organizmlar doimo Yerning magnit maydonida yashaydi va uning tebranishlariga moslashishi kerak. Biroq ba’zi odamlarning sog‘lig‘i yomonlashishi, bosh aylanishi yoki uyquning buzilishi kuzatilishi mumkin. Yurak-qon tomir kasalliklari yoki asab tizimining buzilishi bilan og‘riganlar ayniqsa ehtiyot bo‘lishi kerak.
LiveBarchasi