Yer orbitasidagi sun’iy yo‘ldosh Saturnni suratga oldi

Bu qiziq

−

image

Vantor kompaniyasining sun’iy yo‘ldoshi Yerdan qariyb 1,5 milliard kilometr uzoqlikdagi Saturn sayyorasini suratga oldi. Bu haqda “Naked Science” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, avval Maxar Intelligence nomi bilan tanilgan Vantor kompaniyasi koinotdagi ob’ektlarni Yer orbitasidan turib suratga olish imkoniyatlarini rivojlantirmoqda. Kompaniya avvalroq boshqa sun’iy yo‘ldoshlarni ham orbitadan turib tasvirga olishga muvaffaq bo‘lgan.

Jumladan, 2025 yil dekabr oyida WorldView-3 sun’iy yo‘ldoshi Yerdan 240 kilometr masofada nosoz holatdagi Starlink apparatini suratga olgan. 2026 yil aprel oyida esa WorldView Legion 4 sun’iy yo‘ldoshi “Hubble” kosmik teleskopini qariyb 61,8 kilometr masofadan tasvirga olgan.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, uning yettita sun’iy yo‘ldoshi 200-1 000 kilometr balandlikdagi orbitalarda joylashgan ob’ektlarni suratga olish imkoniyatiga ega. Tasvirlarning eng yuqori aniqligi har bir pikselga 2,5 santimetrgacha yetishi mumkin.

Saturn tasviri esa kompaniyaning koinotdagi ob’ektlarni kuzatish va tasvirga olish imkoniyatlarini namoyish etuvchi navbatdagi natija bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq nemis olimlari Saturnning Enselad yo‘ldoshidagi muz osti okeanida ayrim mikroorganizmlar yashashi mumkinligini laboratoriya tajribasida ko‘rsatgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing