Yerga ikkita futbol maydoni kattaligidagi asteroid yaqinlashadi 

Bu qiziq

image

Joriy yilning 25 iyun kuni hajmi ikki futbol maydonining kattaligi bilan taqqoslanadigan asteroid Yerga maksimal masofada yaqinlashadi. Bu haqda NASA’ning Yerdagi kosmik ob’ektlarni tadqiq qilish markazi saytida xabar berilgan.  

Ta’kidlanishicha, Yerga yaqinlashishi kutilayotgan kosmik jism 441987 (2010 NY65) deb nomlanib, uning diametri taxminan 228 metrni tashkil qiladi. NASA’ga ko‘ra, asteroidning Yerga nisbatan uchish tezligi 13,35 kilometr/sekundni, Quyosh atrofida aylanish davri esa 3685 Yer kunini tashkil etadi. 

Ob’ekt Yer sayyorasidan taxminan 5,8 million km uzoqlikda uchib o‘tadi, bu Yerdan Oygacha bo‘lgan masofadan 15 baravar ko‘p. 

Avvalroq, NASA olimlari asteroidning Yerga qulashi modelini yasagani, ular insoniyat bunday tahdiddan o‘zini himoya qiluvchi vositalarga hali ega emasligini aniqlagani haqida ma’lumot berilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

asteroid

Baholaganlar

519

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing