Yer tarixidagi eng qisqa kun qayd etildi
Olam
−
04 avgust 2022
4226229 iyun Yer tarixidagi eng qisqa kun sifatida qayd etildi. Amerikaning “The Smithsonia” jurnali veb-saytiga ko‘ra, o‘sha kun odatdagi 24 soatlik sutkadan 1,59 millisekundga qisqaroq bo‘lgan. Bu potensial Yerning o‘z o‘qi atrofida tezroq aylanayotganini ko‘rsatadi.
“Atom soatlarining so‘nggi o‘lchovlari Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi asta-sekin tezlashayotganidan dalolat beradi. Masalan, 2020 yilda eng qisqa kunlardan 28 tasi qayd etilgan. Iyul oyida yana bir rekord o‘rnatildi”, deyiladi hisobotda.
Geologlar va astronomlarning hozirgi g‘oyalariga ko‘ra, Yer va boshqa sayyoralar mavjudligining dastlabki bosqichlarida juda tez aylangan, ammo keyinchalik ularning o‘z o‘qi atrofida harakat tezligi pasaygan.
Olimlar bu jarayonni uzoq vaqt davomida atom soatlari yordamida ham, turli xil qazilma dalillar va qadimiy xronikalar yordamida ham kuzatmoqda, bu esa o‘tgan davrlarda Yer aylanishining sekinlashuvini taxmin qilish imkonini beradi.
Sayyoraning aylanish tezligi vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi. Ushbu o‘zgarishlar oddiy odamlarga ko‘rinmaydi, ammo sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimlari uchun muhim rol o‘ynaydi. So‘nggi rekord 2020 yil 19 iyulda qayd etilgan – o‘shanda kun 1,47 millisekundga qisqargan.
LiveBarchasi