Yer orbitadan uzilib ketishi mumkin – Lukashenko yadro urushi haqida

Olam

image

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko yadro qurolidan foydalanishni nomaqbul deb hisoblaydi. U bu fikrini “Associated Press” axborot agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.  

“Men yadro qurolidan foydalanishni nomaqbul, deb hisoblayman, buning ustiga bizga yaqin joyda (Ukraina). Nafaqat bu yerda, balki AQSH kabi davlatlarda ham”, degan Lukashenko. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, voqealarning bunday rivojlanishini umuman qabul qilib bo‘lmaydi. 

“Bizning yer sharimiz orbitadan uzilib ketishi mumkin va biz hech kim bilmaydigan joyga uchib ketamiz”, degan Lukashenko. 

Shu bilan birga, uning fikricha, Vladimir Putin katta ehtimol bilan NATO bilan global to‘qnashuvni xohlamaydi. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “yadro urushining jiddiy xavflari” paydo bo‘lganiga ishora qilgandi.  

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning yadroviy hujum tahdidlariga qattiq javob berishi kerakligini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Lukashenko yadro quroli

Baholaganlar

682

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing