YeOIIga a’zo bo‘lish mamlakatimizga foydadan ko‘ra ko‘proq salbiy oqibatlar olib keladi - Alisher Qodirov

Jamiyat

image

O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lish  masalasida ekspertlar xulosasini kutadi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida partiyalar o‘rtasida navbatdagi debatda aytib o‘tildi. 

Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov Yevroosiyo iqtisodiy Ittifoqiga qo‘shilish masalasiga to‘xtaldi.

"Ayni vaqtda O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish yoki qo‘shilmasligini juda ko‘plab ekspertlar jamoasi o‘rganmoqda. Bizning partiya ushbu ekspertlar xulosasini kutishga qaror qildi. 

Bizning partiya Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lish  mamlakatimizga foydadan ko‘ra ko‘proq salbiy oqibatlar olib keladi, deb o‘ylaymiz. Shu boisdan, O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo sifatida emas, balki savdo-sherikchilik yoki kuzatuvchi sifatida qo‘shilishini qo‘llaymiz", deydi Alisher Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Samarqandda Rossiya Federatsiyasi Moliya vaziri bilan YeOII qo‘shilish borasida ayrim masalalarni muhokama qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Qodirov EOII

Baholaganlar

147

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing