YeOII yoki Rossiya-Belarus Ittifoqi. Qozog‘iston qay birini tanlamoqchi?

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Rossiyaning “Komsomolskaya pravda” tahririyatiga intevyu berdi. Ushbu suhbat tahririyat saytida e’lon qilindi. Intervyuda turli dolzarb masalalar yuzasidan fikrlar o‘rtaga tashlangan. Mana shulardan biri Qozog‘iston Rossiya-Belarus ittifoqi va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lish yoki bo‘lmaslik haqida bo‘ldi. 

“Qozog‘iston Rossiya va Belorusiya bilan ham ikki tomonlama, ham integratsion birlashmalar doirasida faol ish olib bormoqda (YeOII, KXSHT, MDH). Bizda Rossiya va Belorusiya Ittifoq davlatiga kirish rejalari yo‘q. Yuqorida qayd etilgan tashkilotlar doirasida integratsiyani yanada rivojlantirish ustuvor yo‘nalish hisoblanadi”, dedi To‘qayev.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, YeOIIning faqatgina iqtisodiy ittifoq sifatida salohiyatini kuchaytirish katta qiziqish uyg‘otmoqda. To‘qayevning fikricha, kooperatsion aloqalarni rivojlantirish, tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchlari uchun umumiy bozorni yaratish, Ittifoqqa a’zo davlatlarning investitsion jozibadorligini oshirish orqali Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqini samarali global tuzilmaga aylantirish mumkin. Uning ta’kidlashicha, bu boradagi ishlar izchil rivojlanmoqda. 2025 yilga kelib umumiy energiya va moliya bozorlari shakllantiriladi. 

“Raqamli hamkorlik istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Ba’zan YeOIIda, hatto eng yuqori darajada, munozaralar tez-tez bo‘lib turadi. Ammo, aytish mumkinki, bu munozaralar ittifoqni yanada muvaffaqiyatli, obro‘li va jozibali qilish uchun umumiy istakka asoslangandir”, dedi Qozog‘iston Prezidenti.

Avvalroq, Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘istonda AQSH harbiy bazasi tashkil etilishi borasidagi mavzuga o‘z munosabatini bildirgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing