Yengilmas Krouford raqibini nokautga uchratdi

Sport

image

Bugun, 21 noyabr kuni Las-Vegasda professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida WVO kamari sohibi Terens Krouford (38-0-0) chempionlik uchun da’vogar Shon Porterga (35-3-1) qarshi ringga ko‘tarildi va uni nokautga uchratdi.

Bellashuv yuqori temp va teng kurash ostida kechgan bo‘lishiga qaramasdan amerikalik chempion, texnik nokaut evaziga muddatidan avval g‘alaba qozonishni uddaladi.

O‘ninchi raundda Porter ko‘plab zarbalar o‘tkazib yubora boshladi va Krouford uni qarshi zarba bilan ringga qulatdi. Shundan so‘ng, uning murabbiylari jangni davom ettirmaslikka qaror qilishdi.

Shu tariqa, Bu g‘alaba Terens Krouford uchun 2018 yilda WVO chempionlik unvonini qo‘lga kiritganidan buyon beshinchi muvaffaqiyatli himoya jangi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Krouford 1-yarim o‘rta vazn toifasida mutlaq Jahon chempionligini (WBA, WBO, IBF va WBC) qo‘lga kiritganidan so‘ng, barcha kamarlaridan voz kechib, yarim o‘rta vaznga ko‘tarilgan edi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Las-Vegas WBO Prof boks Terens Krouford Shon Porter

Baholaganlar

64

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing