Konor Xolloueyga qarshi jangni haqiqiy emas deb topilishini talab qildi

Sport

image

UFC’ning sobiq ikki vazn toifasidagi chempioni Konor Makgregor Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan UFC 329 turnirida Maks Xolloueyga qarshi jang haqiqiy emas deb topilishi va barcha garov pullari qaytarilishini talab qildi. Bu haqda irlandiyalik jangchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

“1. Ertaga oyog‘im bo‘yicha tekshiruv natijalarini olaman. 2. Jang haqiqiy emas deb e’lon qilinishi va barcha garovlar qaytarilishi kerak”,  deb yozdi Makgregor.

Joriy yilning 12 iyul kuni Las-Vegasda o‘tkazilgan UFC 329 turnirida Makgregor jangning dastlabki besh daqiqasida oyog‘idan olgan jarohati tufayli hakam qarori bilan bahsni davom ettira olmadi.

Jang boshlanishi bilanoq Makgregor o‘ng oyog‘iga noqulay tushib qoldi va jarohat oldi. Shu sababli u oktagonda kurashni davom ettira olmadi.

Makgregor va Xollouey ilk bor 2013 yil 17 avgust kuni Bostonda bo‘lib o‘tgan UFC 26 turnirida to‘qnash kelishgan edi. O‘shanda irlandiyalik jangchi hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongan.

Xolloueyga qarshi jang Makgregorning 2021 yildan beri oktagonga qaytgan ilk jangi edi. Hozirgi kunda uning aralash yakkakurashlardagi rekordi 22 g‘alaba va 6 mag‘lubiyatni tashkil etadi. Maks Xollouey hisobida esa 27 g‘alaba va 9 mag‘lubiyat bor.

Ma’lumot uchun, Makgregorning bundan avvalgi jangi 2021 yilda UFC 264 turnirida amerikalik Dastin Porega qarshi kechgan edi. O‘sha bahs birinchi raundda irlandiyalik jangchining oyog‘i singani sababli muddatidan avval to‘xtatilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing