Boks. Yengilmas chempion “TOP Rank”ni sudga berdi
Sport
−
14 yanvar 2022
3028Yarim o‘rta vazn toifasida WVO yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Terens Krouford “TOP Rank” promouterlik kompaniyasini sudga berdi. Bu haqda “Boxing Scene” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Krouford kompaniyadan talab qilayotgan summa 10 million dollarni tashkil qiladi.
Bundan tashqari, Krouford tashkilot rahbari Bob Arumga uning foydasizligi, irqiy tuhmat va “afro-amerikalik jangchiga nisbatan tengsiz munosabatda bo‘lganligi” haqidagi bayonotlariga asoslanib, irqchilik ayblovlarini qo‘ydi.
“Bugungi kunda Arum irqchilikka oid so‘zlari va qora tanli bokschilarning obro‘siga putur yetkazadigan oq qariya hisoblanadi. “TOP Rank” bilan kelishuvi 5 yildan 7 yilgacha davom etishi mumkin. Ushbu muddat davomida bokschilar chempionlikka erishish imkoniyatidan mahrum bo‘lishadi”, deydi Krouford.
Eslatib o‘tamiz, professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida WVO kamari sohibi hisoblangan Terens Krouford (38-0-0) joriy yilning 21 noyabr kuni Las-Vegasda chempionlik uchun da’vogar Shon Porterga (35-3-1) qarshi ringga ko‘tarilib, uni nokautga uchratgan edi.
LiveBarchasi