G‘olib va mag‘lub Madrimov
Intervyu
−
09 avgust
8615Amerikalik mashhur bokschi, vazn toifasidan qat’i nazar (P4P) reytingi yetakchisi Terens Krouford bilan munosib jang qilib, muxlis va mutaxassislarning e’tirofiga sazovor bo‘lgan Isroil Madrimov oxirgi jang bo‘yicha QALAMPIR.UZ’ga o‘z xulosalarini o‘rtoqlashdi.
Madrimovga ko‘ra, Krouford bilan jang faoliyatidagi eng yaxshisi hisoblanadi, garchi O‘zbekiston vakili to‘qnashuvda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa ham.
“Albatta, Krouford bilan jang faoliyatimdagi eng yaxshisi. Biz jangdan oldin o‘ylagan taktikamizni ringda ko‘rsata oldik va men yaxshigina tajriba yig‘dim. O‘zimga bo‘lgan ishonchim yanada ortdi. Xulosa qildimki, har qanday kuchli bokschi bilan jang qilsa va kerak bo‘lsa, g‘alaba qozonsa bo‘ladi”, deydi Madrimov.
Intervyu davomida 29 yoshli bokschi Krouford bilan jangning tashkiliy tarixi, amerikalik boks yulduzi bilan hayotdagi munosabatlari va jangdan olgan gonorari haqida to‘xtaldi.
O‘zbek boksi tarixidagi eng shov-shuvli jangda ishtirok etgan Isroil Madrimov Krouforddan uchralgan bahsli mag‘lubiyatiga izoh berarkan, bu jang Madrimov uchun yaxshigina tajriba bo‘lganligini bildirdi.
“Amerikada mashhur jurnalist bildirgan fikr juda yoqdi. Yutib turib yutqazildi, yutqazib turib yutildi, degan fikrni tarmoqqa joyladi. Omma oldida men kimligimni va qanday bokschi ekanligimni isbotlab qo‘ydim”, deydi Madrimov.
Shuningdek, sobiq WBA chempioni Bahodir Jalolovning profboksdagi kelajagi hamda Murodjon Ahmadaliyev va Naoya Inoue o‘rtasidagi ehtimoliy jang borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
LiveBarchasi