Madrimov Kroufordga qarshi jangdan qancha foyda ko‘rgani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
06 avgust
43417O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov amerikalik uch yo‘nalish bo‘yicha chempion, P4P reytingi yetakchilaridan biri Terens Kroufordga qarshi jangdan 750 ming dollar gonorar oldi. Bu haqda “MMAFighting” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, jang g‘olibi Terens Krouford to‘qnashuvdan jami 2,5 million AQSH dollar foyda ko‘rgan. Dastlab, 36 yoshli bokschi 1,2 million dollar gonorar olishi belgilangan, biroq bokschi Madrimov ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng bu ko‘rsatkich turni bonuslar bilan 2,5 million dollarga yetgan.
Qayd etish joiz, amerikalik bokschi 29 yoshli Isroil Madrimovni hakamlarning bahsli qarori evaziga kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Jangdan keyin boks muxlis va mutaxassislari tomonidan bildirilayotgan fikrlarga ko‘ra, hakamlar Kroufordga g‘alabani berib, noto‘g‘ri qaror qabul qilgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr