Xitoy armiyasi gumanoid robotlarga jang qilishni o‘rgatyapti

Olam

image

Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitda ishtirok etishga tayyorlashni boshladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Xitoy gumanoid robotlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchisiga aylangan. Amerika bangi baholashiga ko‘ra, 2025 yilda jahon bo‘yicha eksportning 95 foizi ushbu mamlakat hissasiga to‘g‘ri kelgan. Xitoylik tadqiqotchilar o‘z iqtisodiyotini texnik qayta qurollantirishni ta’minlash maqsadida ularni faol rivojlantirmoqda. Bu orada Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi o‘z qayta qurollanishi – gumanoid robotlarni jangovar sharoitda ishtirok etishga tayyorlash bilan shug‘ullanmoqda.

Qayd etilishicha, Xitoydagi harbiy muassasalar ularni harbiy harakatlar davomida qo‘llash imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazmoqda, robotlarning o‘zini va ularni o‘qitish texnologiyalarini xarid qilmoqda, ularning askarlar bilan o‘zaro hamkorligini tadqiq etmoqda. Bu haqda harbiy xaridlar, ilmiy tadqiqotlar, patentlar, rasmiy xabarlar, hukumat va mudofaa kompaniyalari hujjatlariga oid 100 dan ortiq e’lonlar tahlili ko‘rsatadi. Bu ishlar 2025–2026 yillarda jadal tus olgan. Asosiy e’tibor robotlarning atrof-muhitni qabul qilishi, manipulyatsiya va o‘qitish uchun ma’lumotlarga qaratilmoqda.

Hozircha jangovar robotlar armiyaning amaldagi bo‘linmalariga yetkazib berilgani yo‘q. Biroq shahardagi janglarda ularni qo‘llash konsepsiyasi allaqachon taklif qilingan. Milliy mudofaa texnologiyalari universiteti (NUDT) 2025 yildagi tadqiqotda shturm guruhlarining tarkibi va harakatlarini modellashtirgan. Har ikkala shunday guruhga oltita “jangovar robot” – gumanoidlar, itsimon yoki uchuvchisiz apparatlar ajratiladi. Askarlar bilan birgalikda harakat qilib, robotlar dushman egallab olgan binoda xonama-xona, qavatma-qavat tozalash ishlarini  olib boradi.

“Jangovar vaziyat ko‘plab o‘zgaruvchan omillar bilan tavsiflanadi va robotlar kutilmagan sinovlarga duch kelishi mumkin”, deydi Karnegi-Mellon universiteti mashinasozlik professori Aaron Jonson. 

Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti mashinasozlik va aerokosmik injiniring kafedrasi professori Dennis Xonning aytishicha, robotlarni odamlarni yuborishni istamaydigan joylarga yuborish imkoniyati – ularni ishlab chiqish bilan shug‘ullanishning eng asosli sabablaridan biri. 

“Agar robotni yo‘qotish inson halokatining oldini olishga imkon bersa, demak, robot sarflanuvchi material bo‘lishi mumkin”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning Uxan shahrida gumanoid robotlar uchun kundalik hayotiy vazifalarni o‘rganadigan maxsus robotlar maktabi ochilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing