Yomg‘irdan qochib, do‘lga tutilgan Jokovich endi qamalishi mumkin

Sport

image

Dunyoning birinchi raqamli raketka ustasi Novak Jokovich Avstraliyaga kirish uchun yolg‘on ma’lumot bergani uchun 12 oygacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.  Bu haqda  “The Age” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Jokovich Avstraliyaga kirish chog‘ida so‘nggi 14 kun ichida boshqa mamlakatlarda bo‘lmaganini aytgan. Bu yolg‘on ma’lumot ekani aniqlandi. Novak bu muddat ichida bir muddat Ispaniyada bo‘lgan.

Avtraliyaga kirishda yolg‘on ma’lumot berish jiddiy qoidabuzarlik bo‘lib, tennischi 12 oygacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Biroq, Jokovich hujjatlarni o‘zi emas, Avstraliya tennis uyushmasi vakillari to‘ldirganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Novak Jokovichning vizani bekor qilish bo‘yicha apellyatsiyasi o‘rinli, deb topilgan va deportatsiya qilinmasligi e’lon qilingan edi. 

Ma’lumot uchun, serbiyalik 34 yoshli tennischi Avstraliya ochiq chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun, hattoki kortda ham mashg‘ulot o‘tkazdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Avstraliya Tennis Jokovich Australian open

Baholaganlar

87

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing